Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

"HUQUQINGNI BIL" AKSIYASIGA START BERILDI


Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, qat’iy pozisiyaga ega, islohotlarga befarq bo‘lmagan, serg‘ayrat, vatanparvar shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishida muhim sanaladi.

Xo‘sh, qonunchilikda yoshlarga oid qanday huquqiy normalar keltirilgan hamda ularga berilgan imtiyozlar nimalardan iborat? Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan soliq sektorida joylashgan ta’lim maskanlarida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida ayni mavzuda so‘z yuritilmoqda.

“Huquqingni bil” aksiyasi doirasida Guliston shahar 4-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda dastavval yoshlarning konstitutsion huquq, burch va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, muloqot davomida yoshlarning mehnat huquqlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Yakunda biriktirilgan yoshlar bilan induvidual suhbat o‘tkazildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati