Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yoshlarga amaliy ko'mak berilmoqda


Yangiyer shahar adliya bo‘limiga soliq sektori hududida yashovchi 1058 nafar yoshlar biriktirilgan.  Bo‘lim mas’ullari tomonidan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlash tashkil qilingan.

Ayniqsa, yoshlar balansini shakllantirishda ular bilan o‘tkazilayotgan induvidual suhbat va so‘rovnomalar yoshlarning muammolarini o‘rganish va huquqiy ko‘mak berishda muhim omil bo‘lmoqda.

O.Xudoyberdiyev Yangiyer shahar “Navro‘zobod” mahallasida istiqomat qiladi. Adliya bo‘limi tomonidan olib borilgan “xonadonbay” xatlov jarayonida u harbiy xizmatga borish istagi borligini ma’lum qilib, bu borada amaliy yordam so‘radi.

O.Xudoyberdiyev bugun vatanga xizmat qilishdek muqaddas burchni ado etmoqda. Adliya ko‘magi bilan u Termiz shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tamoqda.